Ташкент, проезд Янги Тошкент
I. Ta’lim va malaka:
- Ta’lim darajasi: moliya, iqtisod yoki buxgalteriya sohasida oliy ma’lumot.
- Kasbiy malaka: CIMA, ACCA, CFA, CIA xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish.
II. Ish tajribasi:
- yirik moliya-kredit tashkilotlarida shu kabi lavozimlarda kamida 5 (besh) yillik kasbiy tajriba;
- MHXS bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va auditorlik hamda regulyator organlar bilan hamkorlik qilish tajribasi.
III. Bilim va ko‘nikmalar:
- MHXS (shu jumladan, MHXS 9 - moliyaviy instrumentlar, kredit yo‘qotishlari bo‘yicha zaxira) va bank hisobotlarini puxta bilish;
- moliyaviy tahlil va modellashtirish: hisobotlardagi ma’lumotlarni tez tahlil qilish, moliyaviy modellar qurish va asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha xulosalar chiqarish qobiliyati;
- soliq va buxgalteriya bo‘yicha tajriba: qonunchilikni bilish va soliq bazasini optimallashtirish usullarini qo‘llash;
- rejalashtirish va byudjetlashtirish: prognoz qilish, resurslarni taqsimlash, bank biznes-rejasini joriy etish va uning ijrosini nazorat qilish;
- moliyaviy risklarni boshqarish: eng zaif joylarni aniqlash, stress-test o‘tkazish va moliyaviy vositalarni diversifikatsiya qilish;
- muzokara ko‘nikmalari: hamkorlar, investorlar, auditorlar va davlat organlari bilan muloqot tajribasi;
- investitsiya boshqaruvi: loyihalarni baholash, NPV, IRR, EBITDA kabi investitsiya ko‘rsatkichlarini bilish;
- IT tizimlari bilan ishlash: BI hamda boshqa hisob va tahlilni avtomatlashtirish uchun maxsus dasturlardan foydalanish.
- Qo‘shimcha kompetensiyalar: buxgalteriya hisobi va audit tamoyillarini chuqur tushunish, soliq qonunchiligini bilish, moliyaviy tahlil va modellashtirish ko‘nikmalari.
- Boshqaruv ko‘nikmalari: ma’lumotlarni tahlil qilish, hujjatlar tayyorlash, nostandart vaziyatlarda ishlay olish, samarali jamoalar shakllantirish, ichki reglament va tartib-qoidalarni ishlab chiqish qobiliyati.
-Texnik ko‘nikmalar: kompyuterdan (MS Office: Word, Excel, PowerPoint, Access, Outlook), internetdan (Internet Explorer, Opera, Mozilla Firefox) va elektron pochta (Outlook Express)dan ishonchli foydalanuvchi; zamonaviy moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlari bilan ishlash, axborot va texnologiyalarni boshqarishda yangi yondashuvlarni qo‘llash.
- Tillarni bilish: o‘zbek, rus va ingliz (afzallik beriladi) tillarini bilish.
- Shaxsiy sifatlar: strategik va tanqidiy fikrlash, muloqot qobiliyati, qat’iyatlilik, ishni oxiriga yetkazish, vaqtni tashkil qilish, aniqlik, intizom, o‘rganuvchanlik.
Условия:
ACTION-MCFR MEDIAGURUHI
Ташкент
до 25000000 UZS
ELITE SUPPORT SOLUTIONS ESS
Ташкент
от 2000 USD
ИП ООО AURUM GLOBAL GROUP
Ташкент
от 2000 USD
TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
Ташкент
до 40000000 UZS