Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mutaxassisi

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mutaxassisi

Ташкент, улица Кутб, 2

Описание вакансии

STARS International University yoshlar bilan ishlash va tarbiyaviy yo‘nalishda tizimli ishlay oladigan, mas’uliyatli, prinsipial va tashabbuskor mutaxassisni ishga taklif etadi.

Lavozimning mazmuni

Siz universitetda talabalarning ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy rivoji bo‘yicha ishlarni real natijaga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etasiz. Bu lavozim “qog‘oz uchun” emas — ta’sir, tartib va natija uchun.

Asosiy vazifalar
• Talabalarning ma’naviy va jismoniy kamoloti bo‘yicha ishlarga ko‘maklashish, tizimlashtirish va takomillashtirish
• Universitetda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishda ishtirok etish
• Tegishli me’yoriy hujjatlar, chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish
• Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining shahar/tuman bo‘limlari, jamg‘armalar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish
• Tadbirlar (uchrashuvlar, seminarlar, treninglar, ijtimoiy loyihalar)ni reja asosida tashkil etish va natijasini taqdim etish

Kim kerak (talablar)
• Oliy ma’lumot (pedagogika, psixologiya, ijtimoiy yo‘nalishlar yoki boshqaruv yo‘nalishlari afzal)
• Yoshlar bilan ishlash, tarbiyaviy ishlar, loyihalar yoki jamoatchilik bilan hamkorlik bo‘yicha tajriba — ustunlik
• Hujjatlar bilan ishlash, rejalashtirish, muomala madaniyati va intizom
• Tashabbuskorlik, mas’uliyat, toza reputatsiya va kuchli kommunikatsiya
• O‘zbek tilini mukammal bilish; rus/ingliz tili — afzal

Biz nimani taklif qilamiz
• Kuchli jamoa va real imkoniyatlar
• O‘sish va ta’sir ko‘rsatish maydoni (loyiha, hamkorliklar, tashabbuslar)
• Rasmiy ish, barqaror ish muhit
• Natijaga qarab rag‘batlantirish

Навыки
  • Творческое мышление
  • Организация мероприятий
  • Грамотность
  • Деловая коммуникация
  • Организация встреч
  • Деловая этика
  • Организация презентаций
  • Навыки составления отчетности
  • Управление временем
  • Организационные навыки
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию