Самарканд, улица Озод Шарк
Tasdiqlangan o‘quv rejasi va davlat ta’lim standartlariga muvofiq fizika fanidan dars mashg‘ulotlarini olib borish.
Ko‘rgazmali tajribalar, amaliy topshiriqlar hamda fizik qonunlarning kundalik hayotdagi qo‘llanilishi orqali o‘quvchilarda fizika faniga qiziqish uyg‘otish.
O‘quvchilarning bilim darajasini xolisona baholash, nazorat ishlari, imtihonlar va yakuniy attestatsiyaga tayyorlash.
O‘quvchilar va ota-onalarga muntazam ravishda fikr-mulohaza (feedback) berish, o‘quv natijalarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Zamonaviy va samarali darslarni tashkil etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda raqamli laboratoriyalardan foydalanish.
O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi va ta’lim ehtiyojlarini inobatga olgan holda individual yondashuvni ta’minlash.
«Fizika» yoki «Fizika va astronomiya» yo‘nalishi bo‘yicha oliy pedagogik ma’lumot.
Fizika o‘qituvchisi sifatida kamida 1 yillik ish tajribasi
Fizika fanini chuqur bilish va murakkab fizik jarayonlarni sodda hamda tushunarli tilda izohlab bera olish.
Mas’uliyatlilik, tartiblilik, tashabbuskorlik va o‘quvchilarni fan bilan qiziqtira olish qobiliyati.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari va raqamli platformalar bilan ishlashni yaxshi bilish.
Kasbiy rivojlanishga intilish va malaka oshirishga tayyorlik.
Maktab ma’muriyati tomonidan metodik va tashkiliy qo‘llab-quvvatlash.
Raqobatbardosh ish haqi (oyiga ikki marta to‘lov).
Rasmiy ishga qabul qilish.
Korporativ ovqatlanish va qulay mehnat sharoitlari.
Professional tanlovlar, treninglar va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish imkoniyati.