Ташкент, улица Шокирарык, 97
Raqamlar siz uchun shunchaki sonlar emas, balki qaror qabul qilish vositasimi?
Moliyaviy tartib, aniqlik va tizim sizga zavq bag‘ishlaydimi?
Unda sizni jamoamizda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz.
Biz ta’lim sohasida faol rivojlanayotgan loyihalarimiz uchun mas’uliyatli va tizimli fikrlaydigan Moliyachi (Finansist) izlayapmiz.
Sizning vazifalaringiz:
Kunlik, oylik va yillik moliyaviy hisobotlarni tayyorlash
Tushum va xarajatlarni hisobga olish hamda tahlil qilish
Filiallar kesimida foyda va zarar (P&L) nazoratini yuritish
Rahbariyat uchun aniq, tushunarli va vizual moliyaviy hisobotlar tayyorlash
HR va menejerlar bilan hamkorlikda moliyaviy intizomni ta’minlash
Google Sheets / Excel orqali moliyaviy jadvallarni yuritish va optimallashtirish
Biz sizdan kutamiz:
Moliya, iqtisod yoki buxgalteriya yo‘nalishida tajriba
Excel / Google Sheets bilan ishonchli darajada ishlay olish
Raqamlar bilan aniqlik, mas’uliyat va diqqat
Tizimli fikrlash va murakkab ma’lumotlarni sodda tushuntira olish
Maxfiylik va halollik tamoyillariga rioya qilish
Ta’lim sohasidagi tajriba — ustunlik hisoblanadi
Biz nimani taklif qilamiz:
Barqaror va rivojlanib borayotgan ta’lim ekotizimida ish
Aniq vazifalar va tushunarli ish jarayonlari
Professional va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa
Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyati
Ish haqi — suhbat asosida, tajribaga qarab
👉 Agar siz moliyani tartibga solish orqali ta’lim sifatiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz — arizangizni yuboring.
Biz siz bilan tanishishdan mamnun bo‘lamiz!