Biz kimmiz?
VivaMed — zamonaviy va jadal rivojlanayotgan tibbiyot markazi. Har kuni odamlar hayotini yaxshilashga xizmat qilamiz. Biz shunchaki klinika emasmiz — biz ilhomlantiruvchi jamoadamiz.
Endi esa o‘z kamerasi bilan hikoya ayta oladigan, kadrni his qiladigan, ijodkor videograf izlaymiz!
Vazifalar:
-
Klinikada video va foto suratga olish
-
Shifokorlar, bemorlar va tadbirlardan kontent tayyorlash
-
Montaj, rang korreksiya, ovoz va video sinxronlash
-
Kontent g‘oyalari va ssenariy ustida jamoa bilan ishlash
-
Reklama, social media va brend imijiga mos videolar yaratish
Talablar:
-
1–3 yil videotasvirga olish tajribasi
-
Adobe Premiere Pro / DaVinci Resolve / CapCut’da professional darajada ishlay olish
-
Adobe Photoshop / Corel Draw bo‘yicha ko‘nikmalar
-
Kreativ fikrlash, kompozitsiya va kadr hissi
AI xizmatlari bilan ishlash ko‘nikmasi (afzallik beradi):
-
video montajni tezlashtirish uchun AI–assistentlar (Runway, Pika, Midjourney video tools)
-
AI orqali avtomatik rang korreksiya, stabilizatsiya, shovqinni kamaytirish
-
AI yordamida titrlar, ssenariy, kontent g‘oyalarini generatsiya qilish
-
AI asosida animatsiya, vizuallar yoki VFX yaratish imkoniyati
-
Ovoz tozalash va sinxronlashda AI vositalaridan foydalanish (Adobe AI tools, ElevenLabs va boshqalar)
Sharoitlar:
-
Zamonaviy texnika va to‘liq ish qurollari
-
Haqiqiy o‘sish — kontent yaratuvchidan profisional mutaxassis darajasigacha
-
Do‘stona va ijodiy jamoa
-
Barqaror va o'z vaqtida to'lanadigan maosh
-
Xodimlar va qarindoshlarga tibbiy chegirmalar
-
Mazali tushlik