Marketing menejeri

ZAMIN TRADE RETAIL

Marketing menejeri

Газалкент, улица Мустакиллик, 132

Описание вакансии

Vakansiya: Marketing Menejeri (Supermarket tarmog‘i)

Joylashuv: Toshkent viloyati, G’azalkent shahri (Toshkent shahridan 50 km)
Bandlik turi: To‘liq stavka (Full-time)
Yo‘nalish: Supermarket / FMCG / Retail marketing

Lavozim haqida

Supermarket tarmog‘imiz marketing jarayonlarini tizimli boshqaradigan, savdo ko‘rsatkichlariga ta’sir qila oladigan va jamoani muvofiqlashtira oladigan Marketing Menejerini izlaymiz. Ushbu lavozim aksiyalar, kampaniyalar tashkil qilish, POSM bilan ishlashga mas’ul bo‘ladi.

Asosiy mas’uliyatlar:

Kampaniyalar va aksiyalar boshqaruvi

  • Haftalik va oylik aksiya/kampaniyalarni rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini tahlil qilish.
  • Chegirmalar, maxsus promolar, bayram kampaniyalari uchun marketing protsesslarini ishlab chiqish.

POSM va vizual kommunikatsiya

  • Poster, banner, shelf-talker, stikerlar, narxlar bo‘yicha dizayn, ishlab chiqish va joylashtirish jarayonlarini boshqarish.
  • Merchendayzing, kategoriya menejerlari jamoasi bilan birgalikda vizual standartlarning bajarilishini nazorat qilish.

Boshqa bo‘limlar bilan integratsiya

  • Kategoriya menejerlari bilan birgalikda aksiya/kampaniyalarni ishlab chiqish, amalga oshirish
  • SMM, dizayner va kopirayter bilan hamkorlikda kampaniya, aksiyalarni digital kanallarda tashkil qilish
  • Savdo aylanmasi, marja, trafik o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydigan marketing mexanizmlarni yaratish.

Analitika va hisobotlar

  • Kampaniyalar bo‘yicha savdo aylanmasi trafik o‘sishi, sotuv natijalarini muntazam tahlil qilish, qaror qabul qilish.
  • Marketing byudjeti doirasida ishlash va samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar berish.

Talablar:

  • Retail yoki FMCG yo‘nalishida kamida 2–3 yil marketing tajribasi.
  • Kampaniya boshqaruvi, POSM, aksiyalar, SMM jarayonlariga chuqur tushuncha.
  • Kuchli rejalashtirish va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari.
  • Analitika bilan ishlay olish, KPIning mohiyatini tushunish.
  • Tizimli fikrlash va deadline’larda ishlay olish.
  • O‘zbek va rus tillarida aniq va professional muloqot qila olish.

Asosiy KPI:(suhbatda muhokama qilinadi)

  • Aksiyalar samaradorligi (savdo aylanmasi, traffik, o’rtacha chek).
  • POSM bo’yicha ishlar bajarilish foizi.
  • Trafik va savdo o‘sishiga ta’sir ko‘rsatish.(<3-5%)
  • Marketing rejalarining o‘z vaqtida bajarilishi.
  • Offline/Online kampaniyalarning umumiy natijalari.

Biz taklif qilamiz:

  • Barqaror supermarket tarmog‘ida ishlash imkoniyati.
  • Professional jamoa bilan ishlash va strategik qarorlar qabul qilishda ishtirok.
  • Karyera o‘sishi va malaka oshirish imkoniyati.

Raqobatbardosh ish haqi va qulay ish muhiti.

​​

​​

Навыки
  • Аналитическое мышление
  • Маркетинговый анализ
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию