ASKO — O‘zbekiston bo‘ylab 55+ filialga ega, yirik va barqaror kompaniya.
Biz HR sohasiga qiziqadigan, o‘z kelajagini insonlar bilan ishlash, tanlab olish jarayonlari va korporativ rivojlanish bilan bog‘lashni istaydigan uchun 3 oylik BEPUL STAJIROVKA dasturini ochamiz.
Bu — sizni 0 dan professional rekrutor darajasigacha olib chiqadigan amaliy o‘quv dasturi.
Nima taklif qilamiz? - 3 oy davomida BEPUL stajirovka
- Ish grafigi: 09:00 – 17:00 (Dushanba–Juma)
- Bir mahal issiq ovqat kompaniyadan
- Yo‘lkira kompensatsiyasi
- HR bo‘limi tomonidan doimiy mentorlik
- Real HR jarayonlarida ishtirok etish
- Qulay, jips jamoa va o‘rganish uchun ideal muhit
Nimani o‘rganasiz? - Rekruting asoslari
- Sourcing: To‘g‘ri nomzodlarni qidirish
- Skrining: Rezyumeni baholash
- Telefon intervyu olib borish
- Nomzodlar bilan professional kommunikatsiya
- Baholash mezonlari bilan ishlash
- HR jarayonlari
- Onboarding va adaptatsiya jarayonlari
- HR hujjatlar aylanishi
- Tahliliy fikrlash va hisobot tayyorlash
- HR tizimlar (CRM, Excel, Telegram botlar)
- Soft skills
- Muloqot madaniyati
- Konfliktlarni hal qilish
- O‘zini namoyon qilish ko‘nikmalari
Kimlar ishtirok etishi mumkin? - HR yoki rekrutingni o‘rganmoqchi bo‘lganlarga
- Odamlar bilan ishlashni yaxshi ko‘radiganlarga
- Tez o‘rganadigan, faol va mas’uliyatli yoshlar
- Tajriba talab qilinmaydi — hammasi boshidan o‘rgatiladi
Dastur yakunida: - Rasmiy sertifikat
- Tavsiya xati (recommendation letter)
- Eng kuchli bitiruvchilarni ishga qabul qilish imkoniyati
- Mustahkam bilim va amaliy tajriba bilan mehnat bozoriga chiqish
Manzil:Sergeli tumani, INDEX savdo kompleksi (ASKO bosh ofisi)