Moliyaviy nazoratchi — ASKO kompaniyasiga taklif!
ASKO — O‘zbekiston bo‘ylab 50+ filialga ega, avtomobil shinasi, disk, akkumulyator va servis xizmatlari bo‘yicha faol ishlayotgan yirik chakana tarmoq. Biz biznesni kengaytirishda davom etmoqdamiz va moliyaviy jarayonlarni yanada kuchaytirish uchun moliyaviy nazoratchi qidirmoqdamiz.
Asosiy vazifalar:
Byudjet jarayonini boshqarish
- Bo‘limlardan kelgan oylik byudjetlarni qabul qilish va tekshirish
- Xarajatlarning asoslanganligini tahlil qilish
- Narxlarni bozor bahosi bilan solishtirish
- Keraksiz yoki ortiqcha xarajatlarni aniqlash
Tahlil va optimallashtirish
- Xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish
- KP, smeta, avvalgi xarajatlar bo‘yicha hujjatlarni talab qilish
- Tejalgan summalar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash
Ichki monitoring
- Reja–fakt tahlili, og‘ishlar bo‘yicha sabablarni aniqlash
- Byudjetdan tashqari xarajatlarni nazorat qilish
- Xaridlar va smetalar bo‘yicha audit o‘tkazish
Talablar:
- Moliyaviy nazorat, audit yoki byudjetlash bilan bog‘liq tajriba
- Excel’da yuqori daraja
- Analitik fikrlash, tizimli yondashuv
- Kuchli muloqot va dalil bilan isbotlay olish ko‘nikmasi
- Smeta, KP, byudjet boshqaruvi bo‘yicha amaliy tushuncha
Sharoitlar:
- Bestsellerlardan iborat kutubxona
- Mazali tushlik, quvnoq suhbatlar
- Moliya bo'yicha karyera o'sishi
- Riteyl yo'nalishida amaliy keyslar
- Manzilimiz: Yangi hayot tumani Tashkent Index F-3 blok
Siz aynan biz izlayotgan mutaxassismisiz?
Sizdan aniq, adolatli va raqamlar bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan mutaxassis kutyabmiz. Mazkur rol kompaniyaning moliyaviy sog‘lig‘i uchun bevosita mas’ul bo‘ladi.