Onlayn do‘kon administratori
ASKO – Yangi onlayn savdo loyihasi uchun mutaxassis qidirmoqda!
ASKO do‘konlaridagi mahsulotlar endi onlayn platformalarda ham sotiladi!
Biz ushbu yangi yo‘nalishni boshqaradigan, tezkor, tartibli va mas’uliyatli Onlayn do‘kon administratorini izlayapmiz.
Siz bajaradigan vazifalar:
1. Buyurtmalar bilan ishlash:
- Nakladnoy va hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish
- Tovarlarni yetkazib beruvchiga topshirish / qaytgan yuklarni qabul qilish
- Vozvratlar bilan ishlash va tizimga kiritish
2. SAP va hisobot:
- SAP orqali barcha harakatlarni yuritish
- Oddiy filiallarga qaraganda murakkabroq uchetni boshqarish
- Ichki hisobotlarni muntazam tayyorlash
3. Ombor bilan integratsiyada ishlash:
- Qabul, chiqim va balanslarni tekshirish
- Ombor bilan har kuni uzviy ishlash
- Tovar qoldiqlarini nazorat qilish
Bizga kim kerak?
- Onlayn savdoga qiziqadigan va bu yo‘nalishda o‘smoqchi bo‘lgan
- Tez fikrlaydigan, mas’uliyatli, tartibli
- Hujjatlar bilan ishlashni biladigan
- SAP yoki o‘xshash tizimda ishlash tajribasi bo‘lsa — katta plus
- Microsoft Office, ayniqsa, Excel bilan yaxshi ishlaydigan
Sharoitlar:
- Bestsellerlardan iborat kutubxona
- Mazali tushlik, quvnoq suhbatlar
- Buxgalteriya bo'limida karyera qilish imkoniyati
- Timbildinglar - korporativ tadbirlar
- Manzilimiz: Yangi hayot tumani Tashkent Index savdo majmuasi F-3 blok