Ташкент, Янгихаётский район, Ташкент Индекс
ASKO — O‘zbekistondagi eng yirik avtoshina, disk va akkumulyatorlar savdo tarmog‘i. ASKO GO — loyihasi uchun mijoz manziliga borib, professional darajadagi mobil vulkanizatsiya xizmatini ko‘rsatadigan yagona servis loyihasi.
Talablar
Vulkanizator sifatida tajribaga ega bo‘lishi shart
Shinalar bilan ishlashni bilish: yamoqlash, balanslash, yechish/taqish
Mashina ta’mirlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar
B yoki C toifa haydovchilik guvohnomasi shart
Mas’uliyatli, intizomli, e’tiborli
Mijozlar bilan muloyim gaplasha oladigan
Stressga bardoshli va jismoniy jihatdan sog‘lom
Asosiy vazifalar
ASKO GO xizmat mashinasida mijoz manziliga chiqish
Shinalarni almashtirish, yamoqlash, balanslash
Disk bilan bog‘liq texnik ishlarni bajarish
Avtomobil bilan xavfsiz harakatlanish
Asbob-uskunalarni to‘g‘ri saqlash
Kunlik hisobotlarni yuritish
Ish grafigi va sharoitlar
6 kun ish / 1 kun dam
Ish vaqti: 09:00 — 20:00
Tushlik kompaniya tomonidan taqdim etilmaydi
Viloyatdan kelganlar uchun yotoqxona berilishi mumkin
Rasmiy ishga qabul qilish
Ish haqi 4 000 000 — 8 000 000 so‘m — Tajriba va bajarilgan ish hajmiga qarab belgilanadi
Oylik o‘z vaqtida beriladi