Savdo agenti

Savdo agenti

Термез, махаллинский сход граждан Жайхун, улица Алишера Навоий, 4

Описание вакансии

Biz kimmiz?

Biz LED ekranlar, reklama panellari va digital signage tizimlarini ishlab chiqish, o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan kompaniyamiz. Bozor kengaymoqda — biz esa kuchli savdo mutaxassisini qidiryapmiz.

Majburiyatlar:

  • Yangi potentsial mijozlarni izlash (biznes markazlari, reklama agentliklari, tadbir tashkilotchilari, davlat tashkilotlari va boshqalar).

  • Sovuq qo‘ng‘iroqlar, uchrashuvlar va mahsulot taqdimotlarini tashkil qilish.

  • Bozor va raqobatchilar tahlili: narxlar, texnologiyalar va strategiyani kuzatish.

  • Mijozning texnik ehtiyojlarini aniqlash (o‘lcham, joylashuv, piksel zichligi va h.k.).

  • Narxlar, yetkazib berish shartlari va to‘lov bo‘yicha muzokaralar olib borish, shartnomalarni yakunlash.

  • Haftalik savdo natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash (reja–fakt, pipeline).

  • Loyiha tugagandan so‘ng mijoz bilan aloqani davom ettirish va qo‘shimcha xizmatlarni taklif qilish.

Talablar:

  • Kamida 6 oy savdo tajribasi

  • Muzokara, prezentatsiya va mijoz bilan ishlash ko‘nikmalari.

  • Faollik, natijaga yo‘naltirilganlik, mustaqil ishlash qobiliyati.

  • O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot.

Sharoitlar:

  • Ish grafigi: 6/1 | 09:00 — 18:00
  • Raqobatbardosh maosh + foiz.
  • O‘qitish va martaba o‘sishi imkoniyati.
  • Yo‘lkira uchun alohida kompensatsiya beriladi.
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию