Ташкент
Asosiy vazifalar
1. Tender hujjatlari va talablarini huquqiy tahlil qilish
•Tender e’lonlari, texnik topshiriqlar (ТЗ), shartnoma loyihalari va talablarga huquqiy ekspertiza
•Qonunchilikka zid yoki riskli bandlarni aniqlash
•Hujjatlar to‘plamining to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash
2. Tender takliflari uchun huquqiy hujjatlarni tayyorlash
•Muvofiqlik xatlari
•Kafolat xatlari
•Ishonchnoma va ustav hujjatlari to‘plami
•Soliq, moliyaviy va yuridik hujjatlarni tender talablari bo‘yicha rasmiylashtirish
3. Buyurtmachilar bilan rasmiy yozishmalar
•Tender komissiyalari bilan huquqiy muloqot
•Yozma so‘rovlar (zapros) va tushuntirishlarni olish
•Notarial yoki elektron tasdiqlash talab qilinadigan jarayonlarni boshqarish
4. G‘oliblikdan keyingi yuridik jarayonlar
•Shartnoma loyihasini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish
•Bank kafolatlari va to‘lov kafolatlari bo‘yicha jarayonlarni yuritish
•Shartnomaviy risklarni kamaytirish
•Buyurtmachi bilan yuzaga kelgan nizolarni hal qilishda yuridik yordam
5. Ichki huquqiy nazorat
•Davlat xaridlari bo‘yicha qonunchilikdagi o‘zgarishlarni kuzatish
•DIPLO LLC tender jamoasiga huquqiy maslahat berish
•Hujjatlar arxivini yuritish
⸻
📘 Talablar
Majburiy:
•Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni yaxshi bilish
•Tender hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy tajriba
•Word, Excel va elektron imzo tizimlarini bilish
•Rasmiy yozishmalarni professional tarzda yuritish
Qo‘shimcha ustunliklar:
•2+ yil tender jarayonlarida ishlagan bo‘lsa
•Fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha tajriba
•Sudlarga tayyorlov hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmasi
•Ingliz tili
⸻
💼 Biz taklif qilamiz
•6 – 45 mln so‘m ish haqi
•Har bir g‘olib tenderdan bonus foiz
•Barqaror ish, katta davlat buyurtmachilari bilan ishlash
•Kompaniya ichida lavozim o‘sishi
*Yotoq joyi