Ташкент, Сергелийский район, улица Янги Сергели, 14A
G‘aznachi ishga olinadi.
Sergeli tumanidagi “Global Medical Center” klinikasiga hisob-kitob bo‘limiga g‘aznachi ishga olinadi.
Asosiy vazifalar:
- korxonaning naqd va naqdsiz pul mablag‘larini hisobga olish va ularni to‘g‘ri boshqarish;
- kunlik kassa operatsiyalarini yuritish va ularni buxgalteriya bilan muvofiqlashtirish;
- kirim va chiqim kassa orderlarini rasmiylashtirish, kassa intizomiga rioya etish;
- hisob-kitob bo‘limi bilan birgalikda moliyaviy hujjatlarning to‘g‘riligini nazorat qilish;
- to‘lovlar bo‘yicha ustuvorlikni aniqlash va rahbariyat bilan kelishilgan tartibda amalga oshirish;
- moliyaviy intizom va ichki nazorat talablariga qat’iy amal qilish.
Talablar:
- o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot (moliyaviy, iqtisodiy yoki buxgalteriya yo‘nalishida bo‘lsa, afzal);
- kamida 3 yillik ish tajribasi (sog‘liqni saqlash yoki yirik korxona sohasida bo‘lsa, afzal);
- kassa va bank operatsiyalarini yuritish bo‘yicha amaliy tajriba;
- 1C: Buxgalteriya 8.3, Excel va I-bank dasturlarini yaxshi bilish;
- soliq, moliya va buxgalteriya hisobi asoslarini bilish;
- pul mablag‘lari bilan ishlashda aniqlik va mas’uliyat;
- o‘zbek va rus tillarida muloqot qila olish (ingliz tilini bilsa, afzal);
- mas’uliyatli, halol va e’tiborli bo‘lish.
Sharoitlar:
- qulay va zamonaviy ish muhiti, do‘stona jamoa;
- asosiy ish o‘rni bilan rasmiy ishga qabul, barqaror ish joyi;
- ish vaqti jadval asosida;
- mehnat kodeksiga muvofiq, o‘z vaqtida to‘lanadigan oylik ish haqi va ta’til;
- 4 000 000 so‘mdan 6 000 000 so‘mgacha maosh (suhbat asosida kelishiladi).
Принимается на работу кассир.
Ташкент
до 7000000 UZS
B&B (Beans and Brews Coffee House)
Ташкент
до 6000000 UZS
TEGEN (ООО Best Quality Products)
Ташкент
от 4500000 UZS