Ферганский район, махаллинский сход граждан Пакана
Kompaniya haqida:
VALLEY’S HORECA DISTRIBUTION — HoReCa (Hotel, Restaurant, Café) yo‘nalishida faoliyat yurituvchi, sifatli mahsulotlarni yetkazib beruvchi zamonaviy distribyutorlik kompaniyasi.
Biz jadal rivojlanayotgan jamoamizga savdoda faol, muloqotga ochiq va natijaga yo‘naltirilgan savdo agentlarini taklif etamiz!
Vazifalar:
Potensial mijozlarni (restoran, kafe, mehmonxonalar va boshqalar) aniqlash;
Mijozlar bilan samarali muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish;
Kompaniya mahsulotlari bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berish;
Oldi-sotdi shartnomalarini yuritish va to‘lovlarni nazorat qilish;
Talablar:
O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot (savdo yoki marketing yo‘nalishida bo‘lishi afzal);
Muloqotchanlik, faollik, mas’uliyat;
Muzokara olib borish va mijoz bilan ishlash ko‘nikmasi;
Savdo sohasida tajriba — afzal;
Biz taklif qilamiz:
Barqaror ish joyi va do‘stona jamoa;
Oylik maosh + savdo natijalariga ko‘ra bonuslar;
Professional rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari;
HoReCa segmentida tajriba orttirish va o‘sish imkoniyati.
Qiziqqan nomzodlar rezyumelarini hh.uz orqali yuborishlari yoki kompaniya bilan bevosita bog‘lanishlari mumkin.
VALLEY’S HORECA DISTRIBUTION — sizning savdodagi yangi bosqichingiz!