Jarqo'rg'on BXM Mahsulot sotish bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari(Chakana va yuridik)

Jarqo'rg'on BXM Mahsulot sotish bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari(Chakana va yuridik)

Описание вакансии

Vazifalar

Mahalliy bozorlardagi biznes ehtiyojlarini tahlil qilish va mijozlar talabiga muvofiq bank mahsulotlarini taklif qilish.

Hududdagi bozordagi raqobat, moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlar va mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish.

Bankning strategik maqsadlariga muvofiq hududdagi biznesni rivojlantirish uchun strategik rejalar ishlab chiqish.

Bankning mavjud xizmatlariga qo‘shimcha sifatida yangi yo‘nalishlar va imkoniyatlar yaratish.

Yangi mijozlarni jalb qilish va ular bilan munosabatlarni mustahkamlash.

Mijozlar bilan hamkorlikda biznes rivojlanishini ta’minlash uchun turli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish.

Mijozlar ehtiyojlarini tushunish va ularga mos keluvchi xizmatlar/mahsulotlar taklif etish.

Bankning xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish va optimizatsiya qilish.

Bankning moliyaviy natijalarini tahlil qilish, raxbariyatga hisobotlar taqdim etish va strategik qarorlar qabul qilishga ko‘maklashish.

Moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamikasiga asosan bankning rivojlanishini tahlil qilish.

Talablar:

Oliy iqtisodiy ma’lumotga egaligi;

Bank tizimida kamida 6 yildan kam bo‘lmagan tajriba, bankning asosiy biznes yo‘nalishlari, jumladan kichik va o‘rta biznes yoki chakana biznes sub’ektlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 2 yildan kam bo‘lmagan rahbarlik lavozimlarida faoliyatga ega bo‘lishi;

Moliyaviy tahlil, bozor tahlili va raqobat tahlili yuritishda mukammal bilimlar.

Mustaqil va samarali ishlanmalar ishlab chiqish qobiliyati.

Bank xizmatlari va kredit mahsulotlari haqida bilish.

O‘zbek tilini tilini mukammal suhbat va yozish qobiliyatlari. Rus-ingliz tilini bilish ustunlik beriladi.

Mikrosoft Office (Excel, PowerPoint, Word) va bank avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish ko‘nikmalari.

Shartlar:

Jamoada ishlash va jamoani boshqarish;

Tig‘iz va murakkab vaziyatlarda ishlay olish;

Tizimli va tanqidiy fikrlash;

Fikrlarni yozma va og‘zaki ravishda erkin va to‘g‘ri ifoda etish.

Посмотреть контакты работодателя

Похожие вакансии

Полный день
  • Термез

  • Не указана

Рекомендуем

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию