Bankning yangi avlod mobil ilovalarini ishlab chiqishda iOS jamoasiga ko‘maklashish;
Swift dasturlash tili yordamida mobil ilova funksiyalarini ishlab chiqish, testlash va optimallashtirish jarayonlarida ishtirok etish;
Texnik hujjatlar (TZ, API hujjatlar, UI/UX dizaynlar) bilan ishlash;
Backend jamoasi bilan integratsion testlarda hamkorlik qilish;
Kodni versiya boshqaruv tizimlarida (Git, GitLab, GitHub) yuritish;
Yangi texnologiyalar va kutubxonalarni o‘rganish, ularni amaliy loyihalarda qo‘llashda yordam berish;
Jamoaviy sprint yig‘ilishlari, code review va demo sessiyalarda faol ishtirok etish.
Talablar:
Axborot texnologiyalari, kompyuter injiniringi yoki dasturiy ta’minot yo‘nalishida bakalavr yoki magistratura bosqichining so‘nggi kursida o‘qiyotgan yoki yangi bitiruvchi;
Swift dasturlash tilida boshlang‘ich darajadagi bilimga ega bo‘lish;
iOS SDK, UIKit, SwiftUI, Storyboard va Auto Layout asoslarini bilish;
REST API bilan ishlash prinsiplari haqida tushunchaga ega bo‘lish;
Xcode muhiti bilan ishlash ko‘nikmasi;
Tahliliy fikrlash, aniqlik, mas’uliyatlilik va jamoada ishlash qobiliyati;
Ingliz, rus va o‘zbek tillarida texnik matnlarni tushunish va muloqot qila olish.