Korporativ biznes departamenti tarkibidagi Loyihalarga amaliy ko‘mak berish boshqarmasi yetakchi menejeri.
Talablar:
Oliy iqtisodiy ma’lumot; MS Office (Word, Excel, Internet Explorer, Power Point) va boshqa elektron dasturlarida ishlay olishi;Bank tizimi, jumladan kreditlash yo’nalishida qonunchilikni yaxshi bilishi;
Bank tizimida ishlagan bo’lishi, jumladan yuridik shaxslarni kreditlash yo‘nalish bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarini tahlil qila olishi;
Texnik iqtisodiy asoslama / biznes-rejalar va ularning hisob-kitoblari tahlilini o’tkaza olishi, jumladan loyihalarning o‘zini o‘zi qoplashini tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
Loyihani moliyaviy modelini tuzish, garovni o‘rganish va loyihalardagi injenerlik-kommunikatsiyalarga ulanish bilan bog‘liq jihatlarning texnik hujjatlari auditini amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
o‘zbek var us tillarini bilishi (ingliz tilini bilishi ustunlik beradi).
Vazifalar:
Investitsion loyihalar bo‘yicha kredit yig‘majildini mijozlar bilan bevosita ishlash orqali to‘laqonli shakllantirish;
Investitsion loyihalarni va ular bo‘yicha mavjud hujjatlarni belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish;
Investitsion kreditlarning xatarlarini aniqlash va ularni kamaytirish yuzasidan takliflar бериш;
Kredit doirasida xarid qilinishi ko‘zda tutilgan uskunalar, jihozlarning va boshqa asosiy vositalarning texnik xususiyatlarini va loyiha texnik-iqtisodiy asosnomasida ko‘rsatilgan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga muvofiqligini o‘rganish;
Fikrlarni yozma va og‘zaki ravishda erkin va to‘g‘ri ifoda etish;
Tizimli bo‘lish, o‘zgarishlarni boshqarish va ma’lumotlarni tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan boshqa vazifalar.
Ish sharoiti:
To‘liq 5 ish kuni (9.00–18.00);
Ish joyi bankning markaziy idorasida;
Munosib ish haqi.