Mahalliy bozorlardagi biznes ehtiyojlarini tahlil qilish va mijozlar talabiga muvofiq bank mahsulotlarini taklif qilish.
Hududdagi bozordagi raqobat, moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlar va mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish.
Bankning strategik maqsadlariga muvofiq hududdagi biznesni rivojlantirish uchun strategik rejalar ishlab chiqish.
Bankning mavjud xizmatlariga qo‘shimcha sifatida yangi yo‘nalishlar va imkoniyatlar yaratish.
Yangi mijozlarni jalb qilish va ular bilan munosabatlarni mustahkamlash.
Mijozlar bilan hamkorlikda biznes rivojlanishini ta’minlash uchun turli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish.
Mijozlar ehtiyojlarini tushunish va ularga mos keluvchi xizmatlar/mahsulotlar taklif etish.
Bankning xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish va optimizatsiya qilish.
Bankning moliyaviy natijalarini tahlil qilish, rahbariyatga hisobotlar taqdim etish va strategik qarorlar qabul qilishga ko‘maklashish.
Moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamikasiga asosan bankning rivojlanishini tahlil qilish.
Talablar:
Oliy iqtisodiy ma’lumot;
Bank tizimida 6 yildan kam bo‘lmagan tajriba, bankning asosiy biznes yo‘nalishlari, jumladan kichik va o‘rta biznes yoki chakana biznes subyektlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 2 yildan kam bo‘lmagan o‘rta bo‘g‘in rahbarlik lavozimlarida faoliyatga ega bo‘lishi;
Moliyaviy tahlil, bozor tahlili va raqobat tahlili yuritishda mukammal bilimlar.
Mustaqil va samarali ishlanmalar ishlab chiqish qobiliyati.
Bank xizmatlari va kredit mahsulotlari haqida bilish.
Davlat tilida mukammal suhbat va yozish qobiliyatlari. Rus va ingliz tilini bilish ustunlik beradi.
Microsoft Office (Excel, PowerPoint, Word) va bank avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish ko‘nikmalari.
Shartlar:
Jamoada ishlash va jamoani boshqarish;
Tig‘iz va murakkab vaziyatlarda ishlay olish;
Tizimli va tanqidiy fikrlash;
Fikrlarni yozma va og‘zaki ravishda erkin va to‘g‘ri ifoda etish.