Marketolog
Toshkent | ABBA Marketing
ABBA Marketing — O‘zbekistondagi ilg‘or va kreativ marketing agentliklaridan biri. Biz auditoriyani jozibador kampaniyalar bilan rom eta oladigan, natijaga yo‘naltirilgan va zamonaviy trendlarni bilib boruvchi Marketolog izlayapmiz!
Talablar:
Marketing fanining predmeti, obyekti va subyekti haqida tushunchaga ega
Marketingni tashkil etuvchi fanlardan (matematika, jamiyatshunoslik, psixologiya, tasviriy/badiiy san’at) kamida bittasida chuqur ko‘nikmaga ega
Siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga nisbatan fikr va tahliliy pozitsiyaga ega
Iqtisodiy tahlil, cheklangan resurslar va optimizatsiya falsafasini tushunadi.
Vazifalar:
Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish
Bozorni tahlil qilish va strategiyalar ishlab chiqish
Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va yangi marketing yechimlarini ishlab chiqish
Instrumental marketing bilimlari:
Customer Development
Porter’s Five Forces
Fishbein Matrix
STP, JTBD, CJM
EST, 4P, Porter’s Generic Strategy
Amaliy va ijodiy ko‘nikmalar:
Notiqlik, suhbatni boshqara olish
Kitob o‘qish, xulosa chiqarish va fikrni boshqalarga yetkazish
Kino san’atiga qiziqish: janrlarni farqlash, mazmun va falsafasini tahlil qilish
Antal International Tashkent Xususiy Bandlik Agentligi
Ташкент
до 15000000 UZS
Ташкент
до 20000000 UZS
Национальный межбанковский процессинговый центр
Ташкент
до 20000000 UZS