населённый пункт Авлиё Ата
💼 Vazifalar:
Platformaning server qismi uchun Node.js asosida dasturlash va uni qo‘llab-quvvatlash;
Veb va mobil ilovalar uchun REST API loyihalash va optimallashtirish;
PostgreSQL bazasi bilan Sequelize ORM orqali ishlash (model yaratish, migratsiyalar, so‘rovlarni optimallashtirish);
Tashqi servislar va API lar bilan integratsiya qilish;
Autentifikatsiya va avtorizatsiya (JWT, OAuth) tizimlarini ishlab chiqish;
Backend arxitekturasini rejalashtirish va unumdorligini oshirishda ishtirok etish;
Texnik hujjatlar yuritish va jamoa bilan hamkorlikda ishlash (frontend, mobile, cybersecurity mutaxassislari bilan).
🧠 Talablar:
Node.js va Express.js bo‘yicha ishonchli bilimlar;
Sequelize va PostgreSQL bilan ishlash tajribasi;
REST API, asinxron dasturlash va HTTP so‘rovlar tuzilmasini tushunish;
Git (GitHub / GitLab) bilan ishlash ko‘nikmalari;
Dasturchilar jamoasida ishlash tajribasi;
Frontend (React / Next.js) bo‘yicha asosiy tushunchaga ega bo‘lish afzal;
Docker, CI/CD, AWS yoki boshqa bulutli xizmatlar bilan ishlash tajribasi ustunlik hisoblanadi.
🤝 Shartlar:
Barqaror va o‘sib borayotgan IT jamoasida ish (5 nafar mutaxassis: backend dasturchi, frontend dasturchi, mobil dasturchi, kiberxavfsizlik mutaxassisi va loyiha menejeri);
To‘liq ish kuni;
Zamonaviy texnologik stek: Node.js, Sequelize, PostgreSQL, React, Next.js, Flutter;
Kasbiy o‘sish va mahsulot rivojlanishida faol ishtirok etish imkoniyati;
Do‘stona ish muhiti va jamoa ichidagi qo‘llab-quvvatlov.