Ташкент, улица Шокирарык, 97
Mudarris Xalqaro Maktabi - ta'limni tarbiya asosida beruvchi maktab bo'lib, Mudarris so'zi o'qituvchi va dars beruvchi ma'nosini anglatadi. Shu sababli, bu nom ilm, tarbiya va xalqaro yondashuvni ifodalaydi. Mudarris Xalqaro Maktabi 2022-yil sentyabr oyida 86 nafar o'quvchi bilan ilk faoliyatini boshlagan. Hozirda maktabning 4 ta filiali mavjud (Sergili filiali, Qo'yliq filiali, Katta Qa'ni va Vatan filiallari). Maktabimizda ingliz tili, matematika va AyTi fanlari chuqur o'rgatiladi. O'quvchilar maktabda CEFR, IELTS, AT-Tanal va SAT kabi xalqaro sertifikatlarga tayyorlanadi.
Bizning maktabimizda tarbiya asosiy ustuvor yo'nalishlardan biri bo'lib, u alohida fan sifatida o'quv dasturiga kiritilgan. Tarbiya darslari orqali o'quvchilarga ezgulik, hurmat va insoniy qadriyatlar singdiriladi. Bundan tashqari maktabda o'quvchilarni kitob o'qish odatini shakllantirishga ham urg'u beriladi. Mudarris jamoasida hozirda 200+ oshiq jamoa a'zolari ishlab, ta'limda o'z xissalarini qo'shishmoqda
Asosiy vazifalar:
Maktabning moliyaviy faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish.
Moliyaviy tahlil o‘tkazish hamda rahbariyat uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlab rahbariyatga taqdim etish.
Xarajatlar va daromadlarni tahlil qilish, budjet ijrosini nazorat qilish.
Talablar:
Moliyaviy sohada kamida 1 yil ish tajribasi.
Moliya, iqtisod yoki buxgalteriya yo‘nalishida oliy ma’lumot (xalqaro sertifikatlar ustunlik beradi).
1C, Excel va boshqa moliyaviy dasturlarda ishlash ko‘nikmasi.
Yuqori darajada analitik fikrlash, mas’uliyat va aniqlik.
Dinamik ish sharoitlariga moslashuvchanlik va o‘rganishga tayyorlik.
Taklif etiladi:
Professional rivojlanish va o‘quv dasturlari.
Do‘stona va ijodiy ish muhiti.
Qiziqarli va mas’uliyatli loyihalarda ishtirok etish imkoniyati.
Shaxsiy va kasbiy o‘sish uchun qulay imkoniyatlar.
Bepul tushlik
Ish grafigi: 09:00-18:00, 6/1
Samaradorlikka ko‘ra lavozim o‘sishi va oylik maoshning oshishi.