Middle/Senior Frontend(Vue.js) Dasturchi – Fulltime/Office

IELTS ZONE

Middle/Senior Frontend(Vue.js) Dasturchi – Fulltime/Office

Ташкент

Описание вакансии

Biz jadal rivojlanayotgan kompaniyamizga tajribali Vue.js dasturchini (Middle/Senior daraja) izlayapmiz. Agar siz mustaqil ishlay oladigan, mas’uliyatli va ilg‘or texnologiyalar bilan ishlashga tayyor bo‘lsangiz – biz sizni jamoamizda kutamiz! 🚀

🛠 Texnologiyalarimiz (VILT stack):

  • Vue.js – frontend freymvork (Vue 3 + Composition API)

  • Inertia.js – SPA arxitekturasi

  • Laravel – backend uchun PHP freymvork

  • Tailwind CSS – zamonaviy dizayn uchun

  • Docker – loyihalarni konteynerlash va boshqarish uchun

Talablar:
  • Vue 3 va Composition API bilan kamida 2–3 yillik amaliy tajriba

  • Tailwind CSS’da samarali va responsiv UI yaratish ko‘nikmasi

  • REST API bilan ishlash tajribasi

  • Docker bilan ishlash tajribasi

  • Git va GitLab bilan ishlash tajribasi

  • Mavjud kod bazasi bilan ishlash va refaktoring qila olish

  • Laravel va Inertia.js tajribasi bo‘lsa – katta ustunlik (“+”)

  • Vazifalar:

  • VILT stack asosidagi loyihalarning frontend qismini ishlab chiqish

  • Mijozlar ehtiyojlarini tushunib, texnik yechimlar taklif qilish

  • Jamoa bilan birgalikda ishlash va code review jarayonlarida qatnashish

  • Zarurat bo‘lganda texnik hujjatlar tayyorlash

Ish sharoiti:

  • To‘liq ish kuni, ofisda ishlash (onsite)

  • Samarali va ijobiy jamoa muhiti

Iltimos, tajribasi yetarli bo’lmaganlar murojaat qilmasin. O’zingizni ham, boshqalarni ham vaqtini qadrlang!

Навыки
  • Docker
  • Git
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию