Vazifalar:
Do‘konlarda kompaniya mahsulotlarini to‘g‘ri joylashtirish va tartibli holatda ushlab turish.
Mahsulotlarning tozaligi va chiroyli ko‘rinishini ta’minlash.
Aksiya va reklama materiallarini o‘rnatish va yangilab turish.
Sotuvchilar bilan samarali aloqa o‘rnatish hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Savdo nuqtalarida mahsulot mavjudligi, narxlar va raqobatchilar faoliyatini nazorat qilish.
Talablar:
Mas’uliyatli, tartibli va intizomli bo‘lish.
Muloqot qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Ish tajribasi bo‘lsa afzal, lekin majburiy emas.
Sharoitlar:
Doimiy ish joyi taqdim etiladi.
Oylik ish haqi o‘z vaqtida to‘lanadi.
Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari mavjud.