Ташкент, Чиланзарский район, массив Чиланзор, 2-й квартал, 33
Biz kimni izlayapmiz:
Bizga tajribali va mas’uliyatli Finansist kerak — u moliyaviy modellash, tahlil va rejalashtirishni mukammal biladigan, mustaqil ishlay oladigan va topshiriqlarni aniq muddatda yakunlay oladigan mutaxassis bo‘lishi kerak.
Asosiy vazifalar:
Kompaniyaning moliyaviy holatini tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash
0 dan finmodel tuzish (daromad, xarajat, rentabellik, break-even tahlili va h.k.)
Budjetlashtirish, naqd pul oqimini rejalashtirish va nazorat qilish
Moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha rahbariyatga takliflar berish
Rejalashtirilgan va real natijalar o‘rtasidagi tafovutni tahlil qilish
Investorlar va rahbariyat uchun moliyaviy taqdimotlar tayyorlash
Talablar:
Moliyaviy model tuzish ko‘nikmasi (Excel / Google Sheets yuqori darajada)
Kamida 1 yil moliyaviy tahlil yoki buxgalteriya yo‘nalishida tajriba
Mustaqil ishlash, dedlaynga rioya qilish va natijaga yo‘naltirilganlik
Biznes jarayonlarini tez tahlil qilish va raqamlar orqali fikrlash qobiliyati
WST faoliyati (savdo, servis, marketing) bo‘yicha tez tushunish qobiliyati
Sharoitlar:
Masofadan ish (erkin grafik)
Uzoq muddatli hamkorlik va barqaror loyiha oqimi
Tajribangiz va natijalaringizga qarab bonus va qo‘shimcha loyihalar
Qiziqdimi?
Rezyume yoki portfelingizni yuboring
Ташкент
до 20000 RUR