📍Toshkent
🕒 Ish grafigi: 6/1 (Shanba kuni — qisqa ish kuni, 09:00 — 15:00)
🧪 Sinov muddati: 2 oy
🎯 Vazifalar va majburiyatlar:
Kompaniyaning korporativ sayti, onlayn do‘koni va mobil ilovasi uchun mahsulot kontentlarini tayyorlash va joylashtirish;
Mahsulot tavsiflari, suratlari va texnik ma’lumotlarini to‘g‘ri va yangilangan holda kiritish;
Uzum, Yandex Market va boshqa onlayn marketplace platformalarida mahsulotlarni joylashtirish va boshqarish;
Kontentning yagona uslubda va marketing talablariga mos bo‘lishini ta’minlash;
Mahsulot kartalarini muntazam yangilab borish, narx va mavjudlikni nazorat qilish;
Matn va tavsiflarni SEO talablariga mos tarzda optimallashtirish;
Dizayner va marketing bo‘limi bilan hamkorlikda kontent sifatini oshirish.
🧑💻 Sizdan kutamiz:
Kontent bilan ishlashda tajriba (onlayn do‘konlar bilan ishlagan bo‘lishingiz afzal);
O‘zbek va rus tillarida ravon yozish ko‘nikmalari;
E’tiborli, mas’uliyatli va tezkor ishlash qobiliyati;
SEO asoslarini tushunish — katta afzallik.
🎁 Biz taklif qilamiz:
Doimiy ish o‘rni;
Do‘stona jamoa va tajribali rahbariyat;
Ish vaqti: Dushanba–Juma: 09:00 – 18:00; Shanba: 09:00 – 15:00;
2 oylik sinov muddati bilan ishga qabul qilish.