Kadrlar bo'yicha inspektor

Kadrlar bo'yicha inspektor

Ташкент, улица Мукимий

Описание вакансии

Kadrlar bo‘yicha inspektor

Kompaniya: "UniAuto" MCHJ
Sohasi: Avtomobil savdosi va servisi

Asosiy vazifalar:

  • Kadrlar bo‘yicha hujjat aylanishini to‘liq sikl bo‘yicha yuritish (qabul qilish, lavozim o‘zgarishi, ishdan bo‘shatish, buyruqlar tayyorlash, shaxsiy varaqalar va shaxsiy ish jildlarini yuritish);

  • Mehnat daftarchalarini yuritish va hisobini olib borish;

  • Rahbariyatga zarur hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish;

  • Ichki hujjatlarni (buyruqlar, shtat jadvali, tatillar, kasallik varaqalari) yuritish;

  • HR jarayonlarini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq amalga oshirish;

  • Ish tartibi va mehnat intizomi bo‘yicha nazoratni hujjatlar asosida olib borish.

Talablar:

  • 1 - 3 yillik tajriba (davlat tashkiloti yoki bank sohasida ishlagan bo‘lsa afzal);

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksini yaxshi bilish va amaliyotda qo‘llay olish;

  • Kadrlar hujjatlari bilan ishlashda aniqlik va mas’uliyatlilik;

  • Kompyuter va ofis dasturlarini bilish (Word, Excel, 1C HR — afzal);

  • Jinsi: ahamiyatsiz.

Ish sharoitlari:

  • Ish grafigi: 5/2, 09:00 – 18:00;

  • Rasmiy ishga qabul (mehnat shartnomasi asosida);

  • To‘lanadigan ta’til va ijtimoiy kafolatlar;

  • Maosh — suhbatda kelishiladi.

📌 UniAuto jamoasiga qo‘shiling!
Bizga professional kadrovik kerak — barcha kadrlar hujjatlarini tartibli va to‘liq yurita oladigan, qonunchilikni yaxshi biladigan mutaxassisni izlayapmiz.

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию