.NET Dasturchi — WMS Optimizatsiya
Biz Ombor Boshqaruv Tizimini (WMS) ishlab chiqmoqdamiz va optimizatsiya algoritmlarini yaratib, joriy qila oladigan .NET dasturchi izlayapmiz: quti tanlash va qadoqlash stansiyasini belgilash, yetkazib berish xarajatlarini simulyatsiya qilish (eng tez / eng arzon), joylashtirish (putaway/staging) algoritmlari, pallet/bin tavsiyalari, avtomatik topshiriqlar ketma-ketligi, yig‘ish (wave/piece/batch picking) usullari, yig‘uvchi marshrutini optimallashtirish hamda chiqish nazorati jarayonlarini avtomatlashtirish.
Texnologiyalar: Visual Studio .NET, PostgreSQL
Vazifalar
WMS ichida optimizatsiya algoritmlarini ishlab chiqish va joriy etish.
Joylashtirish, yig‘ish, marshrutlash va tekshiruv jarayonlarini avtomatlashtirish.
Talablar
C#/.NET va PostgreSQL bo‘yicha tajriba.
Logistika / WMS sohasida algoritmlar ustida ishlash ko‘nikmalari (yig‘ish, marshrutlash, qadoqlash, simulyatsiya).
Rezyume bo‘yicha talablar (majburiy)
Rezyumeda aniq va batafsil ko‘rsatilishi shart:
Rol va mas’uliyat — loyiha doirasida egallagan lavozimingiz va javobgarligingiz.
Aniq ishlar — aynan nimalarni bajargansiz (modullar, xizmatlar, SQL, texnik spetsifikatsiya va h.k.).
Algoritmlar — masalan: quti tanlash (cartonization), qadoqlash stansiyasini belgilash, xarajatlarni simulyatsiya qilish algoritmlari, joylashtirish/bin/pallet tavsiya algoritmlari, wave/piece/batch picking usullari, marshrutlash optimallashtirish (graf algoritmlari, TSP yechimlari), qoida dvijoklari.
Natija va ko‘rsatkichlar — samaradorlik, xarajatlarni kamaytirish, vaqtni qisqartirish, throughput, aniqlik va h.k.
Texnik tafsilotlar — ishlatilgan .NET versiyasi, kutubxonalar, ma’lumotlar modeli, PostgreSQL imkoniyatlari (indekslar, query planlar), deploy jarayoni.
Sigma Sweden Software AB
Ташкент
Не указана