AI Prompt Manager
Kompaniya: ABBA Marketing
Joylashuv: Toshkent, Uzbekistan (ofisda / gibrid)
Ish turi: To‘liq stavka
Asosiy vazifalar:
Sun’iy intellekt (AI, ChatGPT, MidJourney va boshqa LLM) modellaridan samarali foydalanish uchun promtlar ishlab chiqish va optimallashtirish.
Kontent, marketing, dizayn, savdo va HR bo‘limlari uchun AI yechimlarini ishlab chiqish.
Jarayonlarni tezlashtirish va natijadorlikni oshirish uchun AI avtomatlashtirish loyihalarini yuritish.
Turli loyihalarda data va natijalarni tahlil qilish, samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar berish.
Kompaniya xodimlarini AI vositalaridan foydalanishda o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash.
Talablar:
AI va prompt engineering sohasida tajriba (ChatGPT, Claude, Gemini, MidJourney va boshqalar).
Ingliz tilini o‘rta va undan yuqori darajada bilish.
Tezkor o‘rganish va ijodiy yondashuv qobiliyati.
Marketing, kontent yaratish yoki IT sohasidagi tajriba afzallik hisoblanadi.
Jamoa bilan ishlash va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari.
Biz taklif qilamiz:
Raqobatbardosh maosh (suhbat asosida).
Innovatsion loyihalarda ishtirok etish.
Professional va shaxsiy rivojlanish imkoniyati.
Do‘stona va kreativ jamoa.
AI orqali dunyo bozoriga chiqish imkoniyati.