Biz kimni qidiryapmiz?
Biz jamoamizning eng muhim bo‘g‘iniga aylana oladigan, xodimlar rivojlanishi va HR tizimlarini mukammallashtirishda tajribali, strategik fikrlovchi va innovatsion yondashuvga ega HRD Managerni qidirmoqdamiz.
Asosiy vazifalar:
HR tizimlari va siyosatlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish.
Xodimlarning professional rivojlanishi va o‘sishi uchun Learning & Development dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.
Performance Management (KPIs, OKRs, review tizimlari)ni yo‘lga qo‘yish.
Karyera yo‘llari va talent management tizimlarini qurish.
HR analytics orqali xodimlar samaradorligini tahlil qilish.
Employer Branding va ichki madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar.
HR jamoasini boshqarish va rivojlantirish.
Rahbariyatga HR bo‘yicha strategik maslahatlar berish.
Talablar:
HRD, HRM yoki tegishli sohada kamida 3–5 yillik tajriba.
Learning & Development, Performance Management, Talent Management bo‘yicha chuqur bilim.
Strategik fikrlash va tizim qurish ko‘nikmalari.
Jamoa boshqarish tajribasi.
O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish, ingliz tili afzallik.
HR sohasidagi xalqaro sertifikatlar (CIPD, SHRM, HRCI) – katta ustunlik.
Biz taklif qilamiz:
Raqobatbardosh oylik maosh.
Karyera va o‘sish imkoniyatlari.
Doimiy o‘qish va rivojlanish uchun treninglar.
Qiziqarli loyihalar va dinamik jamoa.
Korporativ tadbirlar va sog‘lom ish muhiti.