Men jamoamga ma'suliyatli targetologlarni qidiryapman — target-marketing sohasida rivojlanishni, ko‘nikmalarini oshirishni va tajribali targetolog rahbarligida ishlashni istaganlar uchun.
Portfolioyingizni zo‘r case’lar bilan to‘ldirasiz. Agar bu Siz uchun dolzarb bo‘lsa, anketani to‘ldiring, test topshiriqni bajaring va suhbatga uchrashamiz.
O‘rniga men target reklama haqida, digital-marketing va IT sohasidagi bilim va tajribalarim bilan bo‘lishishga tayyorman!
Facebook Ads / Instagram Ads reklamalarni yaratish va ishga tushirish.
Auditoriyalarni sozlash va test qilish (qiziqishlar, Lookalike, retarget).
Kreativlarni tayyorlash va yuklash (video, foto).
Kampaniya maqsadini belgilash (lead, konversiya, trafik va h.k.).
Testlarni ishga tushirish va nazorat qilish (A/B testlar).
Pixelni to‘g‘ri ishlashini tekshirish.
Byudjet va stavkalarni har kuni nazorat qilish.
CTR, CPL, CPA, ROAS kabi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish.
Samarasi past bo‘lgan kreativlarni o‘chirish, eng yaxshilarini kengaytirish.
Auditoriyalarni optimizatsiya qilish (keraksizlarini o‘chirish, yangilarini qo‘shish).
Natijalar bo‘yicha hisobot tayyorlash (Google Sheets, Notion yoki CRM’da).
Dizayner/montajchi bilan kreativ tayyorlash bo‘yicha ishlash.
Lidarni CRM tizimiga yuklash va tartiblash.
Avtovaronkalarni sozlash (Manychat, Telegram-bot).
Reklama matnlarini tayyorlash va kelishish.
Byudjetni kelishish va oyning reklama rejasini tuzish.
Talablar:
O‘zbek va rus tilini tushunish va gapira olish
Target kursini bittasini o‘tgan bo'lish va minimal tajribaga ega bo‘lish
Reklama, Instagram va Facebook qanday ishlashini tushunish
Analitik fikrlash qobiliyati
Har qanday ma’lumotni topa olish ko‘nikmasi
Halol va mas’uliyatli bo‘lish
Sharoitlar:
Sinov muddati
Boshlanishiga Ish onlayn — men bilan birga aloqada bo'lasan, senga srazu ishlar bilan taminliman.
Har kuni reja, fakt va vazifalarni tuzib boramiz
Har bitta loyihadan foiz chiqazib beraman