Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hududiy boshqarma boshlig‘i

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hududiy boshqarma boshlig‘i

Описание вакансии

Talablar:

Oliy iqtisodiy ma’lumotga egaligi;

Bank tizimida kamida 8 yildan kam bo‘lmagan tajriba, bankning asosiy biznes yo‘nalishlari, jumladan kichik va o‘rta biznes yoki chakana biznes sub’ektlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lmagan rahbarlik lavozimlarida faoliyatga ega bo‘lishi;

O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi qonunchiligini yaxshi bilishi;
Bank ichki me’yoriy hujjatlarini bilishi va amaliyotda samarali qo‘llay olishi, davlat boshqaruvi va boshqa idoralar bilan ishlash ko‘nikmasi;

Bankning aktiv amaliyotlari, bank aktiv va passivlarini boshqarish amaliyotlarini bilishi va ularni samarali boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

Bank mahsulotlarini sotish, mijoz jalb qilish yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish;
Buxgalteriya hisobi va uning asosiy tamoyillarini bilishi;
MS Office (Word, Excel, Power Point), Internet Explorer va boshqa elektron dasturlarda foydalanuvchi darajasida ishlay olishi;

Vazifalar:

Bank xizmatlari markaziga rahbarlik qilish;

Bank mijozlariga kompleks bank mahsulotlarini sotish va xizmatlarini ko‘rsatishni samarali tashkil etish;

Bank xizmatlari markazi uchun belgilangan biznes rejadagi ko‘rsatkichlarni bajarish;

Mijozlarni jalb qilish uchun muzokaralar olib borish, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;

Bankda joriy qilinayotgan yangi bank texnologiyalari, xizmat ko‘rsatish standartlari, mijozlar va bank ichki jarayonlari bilan ishlashdagi o‘zgarishlarni joriy qilishda faol ishtirok etish va amalga oshirish;

Bank xizmatlari markazida amalga oshirilayotgan amaliyotlar va ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining qonuniy va bank ichki me’yoriy hujjatlari asosida bo‘lishini nazorat qilish;
Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan boshqa vazifalar.

Shartlar:

Jamoada ishlash va jamoani boshqarish;
Tig‘iz va murakkab vaziyatlarda ishlay olish;
Tizimli va tanqidiy fikrlash;
Fikrlarni yozma va og‘zaki ravishda erkin va to‘g‘ri ifoda etish.

Посмотреть контакты работодателя

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию