Ташкент, проспект Бунёдкор, 41
PROWEB — O‘zbekistonning IT sohasidagi yetakchi o‘quv markazlaridan birining jamoasiga qo‘shiling!
Agar siz tizim administratorligi sohasida o‘zingizga ishonch bilan harakat qilsangiz, texnik muammolarni hal qila olsangiz va barqaror ish bilan birga kasbiy va martaba o‘sish imkoniyatlarini izlayotgan bo‘lsangiz — biz sizni jamoamizda kutamiz.
Vazifalar:
Kompyuterlar va periferik qurilmalarining uzluksiz ishlashini ta'minlash;
Talabalar va o‘qituvchilarga texnik yordam ko‘rsatish;
Jihozlarni muntazam inventarizatsiya qilish va tozalash;
O‘quv xonalarini yig‘ish, lokal tarmoqni sozlash va o‘rnatish;
Windows operatsion tizimini o‘rnatish va dasturiy ta'minotni boshlang‘ich darajada boshqarish;
IT infratuzilmani tartibda saqlash va rivojlantirish.
Biz kimni izlayapmiz:
Texnik ko‘nikmalarga ega va rivojlanishga intiladigan nomzodni;
O‘zbek tilini yaxshi biladigan, rus tilini esa o‘rta darajada tushunadigan insonni;
Mas’uliyatli, vaqtida keladigan va tafsilotlarga e’tiborli kishini;
O‘rganishga ochiq — kelajakda tizim administratorligi bo‘yicha kurs o‘qituvchisigacha o‘sish imkoniyati mavjud.
Sharoitlar:
Mamlakatdagi eng yaxshi IT o‘quv markazlaridan birida ish;
Zamonaviy jihozlar va qulay mehnat sharoitlari;
O‘z vaqtida to‘lanadigan munosib ish haqi;
Yoshlardan iborat do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa;
Jihozlangan oshxona va dam olish zonalari;
Qulay joylashuv: o‘quv markazimiz metro yaqinida joylashgan, shaharning istalgan nuqtasidan yetib kelish oson.
Agar siz bizning jamoamizga qo‘shilishni va birga o‘sishni istasangiz — rezyumeyangizni bizga yuboring. Tez orada siz bilan bog‘lanamiz!
PROWEB.UZ (НОУ «SMART EDUCATION SOLUTIONS»)
Ташкент
от 4000000 UZS
KOSMIK MONITORING VA GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI
Ташкент
от 5000000 UZS
Ташкент
до 4000000 UZS
PROWEB.UZ (НОУ «SMART EDUCATION SOLUTIONS»)
Ташкент
от 4000000 UZS
KOSMIK MONITORING VA GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI
Ташкент
от 4000000 UZS