Brending bo‘limi uchun kuchli, mas'uliyatli va ilg‘or fikrlaydigan Project Manager qidirmoqdamiz. U mijoz va ijodiy jamoa o‘rtasida ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi, brend yaratish jarayonini professional darajada boshqaradi va har bir detalni e’tibordan chetda qoldirmaydi.
Asosiy vazifalar:
Brending loyihalarining to‘liq jarayonini boshqarish: naming, logotip, identika, qadoqlash, guideline va boshqalar;
Mijozlar bilan aloqa: brif olish, ehtiyojlarni aniqlash, reporting va feedback olish;
Ichki ijodiy jamoa (dizayner, strateg, kopirayter, art direktor) bilan yaqin hamkorlikda ishlash;
Loyihalarni belgilangan muddati, byudjeti va sifat darajasida yakunlash;
Task management tizimlarida ishlash: ClickUp / Trello / Notion / Slack;
Ichki hujjatlarni yuritish, vaqtida hisobot berish, risklarni aniqlash va hal qilish.
Biz kutayotgan mutaxassis:
Brending, reklama yoki marketing sohasida 1+ yillik tajribaga ega;
Tashkiliy ko‘nikmalari kuchli: deadline, jamoa boshqaruvi, mijoz bilan kommunikatsiya;
Dizayn va branding asoslarini tushunadi, texnik topshiriqlarni aniq bera oladi;
CRM yoki task-trekerlarda ishlagan;
Bosim ostida ishlay oladi, yechimga yo‘naltirilgan fikrga ega;
O‘zbek va rus tillarida bemalol muloqot qila oladi (Ingliz tili afzallik bo‘ladi).
Biz sizga nima taklif qilamiz?
2000+ ta muvaffaqiyatli loyihalar bilan ishlaydigan kuchli va ijodiy jamoa;
Professional rivojlanish: treninglar, master-klasslar, seminarlar uchun byudjet;
Rivojlanuvchi ofis muhiti, zamonaviy texnika, doimiy feedback va o‘sish imkoniyati;
Raqobatbardosh oylik maosh + mukofotlar tizimi;
O‘zbekistonning yirik brendlari bilan ishlash imkoniyati
YUSUPOV ABBOS ASATILLA O‘G‘LI
Ташкент
до 1000 USD