Ташкент, Шайхантахурский район, массив Ибн Сина-1
Vazifalar:
Boshlang‘ich va o‘rta sinflarda tabiiy fanlar bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqish va joriy etish
O‘quvchilarga hayotiy misollar, kuzatuvlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali chuqur tushunchalar berish
Fanlararo aloqalarni ta’minlab, ekologik va ilmiy ongni shakllantirish
Tabiatshunoslik va ekologik loyihalarda o‘quvchilar ishtirokini tashkil etish
Darslar sifatini oshirish uchun zamonaviy metodikalarni joriy etish
Har bir o‘quvchining rivojlanish dinamikasini kuzatish va mos yondashuv qo‘llash
Talablar:
Biologiya, ekologiya, geografiya yoki tabiatshunoslik yo‘nalishida oliy maʼlumot
Kamida 3 yillik maktabda o‘qituvchilik tajribasi
Boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari bilan ishlash bo‘yicha tajriba
O‘quv materiallarini tushunarli, qiziqarli va vizual tarzda yetkazib bera olish
Interaktiv dars metodlariga ega bo‘lish va qo‘llay olish
O‘quvchilar bilan samimiy va rag‘batlantiruvchi munosabatda bo‘la olish
Afzallik sifatida ko‘riladi:
CLIL yoki STEAM yondashuvlar bilan ishlagan bo‘lish
Eko-loyihalar va fanlararo tadbirlarni olib borish tajribasi
Ta’lim texnologiyalaridan (Google Classroom, interaktiv testlar, video platformalar) foydalana olish
Fan haftaliklari, olimpiadalar yoki maktabdan tashqari loyihalarda ishtirok etish
Sharoitlar:
Raqobatbardosh va o‘z vaqtida to‘lanadigan oylik ish haqi
500 dan ortiq kitobga ega kutubxona
O‘z sohasida yetuk, do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa
Doimiy professional va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari
Kuchli mentorlardan individual tavsiyalar
50% kompaniya tomonidan qoplanadigan tushlik
Hayotiy holatlarda moddiy yordam
Ilmga chanqoq, faol va intiluvchan o‘quvchilar
YATT RUSTAMOV ILYOS ALISHER O‘G‘LI
Ташкент
до 8000000 UZS