Vazifalar:
1. O‘quv dasturini ishlab chiqish va takomillashtirish
SAT (Mathematics va Evidence-Based Reading & Writing) bo‘yicha o‘quv dasturini yaratish
O‘quvchilarda test strategiyasi, vaqtni boshqarish, savollarni tahlil qilish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirish
2. Darslarni olib borish
Yuqori sinf o‘quvchilari bilan guruhli va individual darslar o‘tish
Har oyda diagnostik testlar o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish va shaxsiy yondashuv asosida o‘quv rejasini yangilab borish
3. O‘quvchilarni rag‘batlantirish
Har bir o‘quvchi uchun individual o‘sish strategiyasini ishlab chiqish
Imkoniyati yuqori bo‘lgan o‘quvchilarni 1400+ ballgacha tayyorlash
4. Hamkorlik va integratsiya
Ingliz tili va matematika o‘qituvchilari bilan metodik hamkorlik olib borish
SAT tayyorgarligini umumiy o‘quv jarayoni bilan uyg‘unlashtirish
Talablar:
SAT bo‘yicha yuqori darajadagi bilim (Reading, Writing va Math bo‘limlari)
SAT, ACT, IELTS yoki TOEFL tayyorgarlik kurslarida kamida 1 yillik tajriba
Ingliz tilini C1 darajada bilish (yaxshi talaffuz, yozma va og‘zaki nutq)
Strategik fikrlash, darsni rejalashtirish va individual yondasha olish ko‘nikmalari
Yuqori sinf o‘quvchilari bilan samarali ishlash tajribasi
Bakalavr diplomi (lingvistika, matematika, ta’lim yoki tegishli yo‘nalishlarda). Magistr darajasi — afzallik hisoblanadi
Afzallik sifatida ko‘riladi:
Shaxsiy SAT imtihonidan yuqori natijalar (1400+)
Cambridge/IELTS/SAT sertifikatlariga ega bo‘lish
Xalqaro maktab yoki EdTech loyihalarida ishlagan bo‘lish
Darslarni to‘liq ingliz tilida olib borish tajribasi
Sharoitlar:
Raqobatbardosh va o‘z vaqtida to‘lanadigan oylik ish haqi
Yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar uchun o‘qituvchiga bir martalik rag‘batlantiruvchi to‘lovlar (bonuslar)
500 dan ortiq kitobga ega maktab kutubxonasi
O‘z sohasida tajribali, faol va do‘stona jamoa
Doimiy professional va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari
Kuchli mentorlardan individual ko‘mak va yo‘nalish
50% maktab tomonidan qoplanadigan tushlik
Hayotiy holatlarda moddiy yordam
Zamonaviy, texnologik o‘quv muhit