Ташкент, улица Тимура Малика, 2Б
Vazifalar:
1. O‘quv dasturini ishlab chiqish va takomillashtirish
AKT bo‘yicha zamonaviy ta'lim standartlariga mos keladigan o‘quv dasturini yaratish va joriy etish
Dastur tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak
2. Interaktiv ta’limni tashkil etish
Har xil o‘quv uslublariga mos keladigan, qiziqarli va jalb qiluvchi darslarni olib borish
Darslarda AKT vositalari, amaliy mashg‘ulotlar, real hayotga yaqin loyihalar va laboratoriya ishlari orqali chuqur o‘rganishga imkon yaratish
3. O‘quvchilarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash
O‘quvchilarning individual o‘sishini kuzatib borish va ularga shaxsiy yondashuv bilan yordam berish
AKT bo‘yicha olimpiadalar va tanlovlarga tayyorlash
Talablar:
Ta’lim, AKT yoki tegishli yo‘nalishda bakalavr darajasi (magistr darajasi afzallik hisoblanadi)
AKT bo‘yicha o‘qituvchilik yoki sohaga aloqador tajriba
AKTning asosiy tushunchalari, dasturlash (masalan: Scratch, Python, HTML) va zamonaviy texnologiyalardan xabardorlik
O‘zbek va rus tillarida dars o‘tish qobiliyati
Kuchli kommunikativ ko‘nikmalar va samarali muloqot olib borish mahorati
Ta’lim texnologiyalari, platformalari va raqamli vositalardan foydalanish tajribasi
Professional rivojlanishga tayyorlik, sohadagi yangiliklarni doimiy kuzatib borish
Taklif qilamiz:
Raqobatbardosh va o‘z vaqtida to‘lanadigan oylik ish haqi
500 dan ortiq kitobga ega maktab kutubxonasi
O‘z sohasida tajribali, faol va do‘stona jamoa
Professional va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari: treninglar, seminarlar, muloqotlar
Kuchli mentorlardan individual ko‘mak va yo‘nalish
Yaxshi jihozlangan o‘quv xonalari, zamonaviy AKT infratuzilmasi
Imtiyozli tushlik (50% maktab tomonidan qoplanadi)
Zarurat bo‘lsa — hayotiy vaziyatlarda moddiy yordam ko‘rsatiladi