Bojxona yuklari deklaratsiyasi xizmati sotuvi menejeri

Bojxona yuklari deklaratsiyasi xizmati sotuvi menejeri

Ташкент, улица Лабзак, 70Б

Описание вакансии

Talabgorlarga qo‘yiladigan umumiy talablar:

Yoshi: cheklanmagan

Ish tajribasi: 2 yildan ko‘p, xizmatlar sotuvi sohasidagi tajribasi ustuvorlik beradi.

Til bilish darajasi: o‘zbek tili - a’lo, rus tilini bilish ustuvorlik beradi.

Boshqa talablar:

- Microsoft office dasturida ishlay olish;

- koʻrsatiladigan xizmatlar va kompaniya faoliyat yuritadigan bozor haqida maʼlumotga ega boʻlish;

- CRM tizimlari bilan ishlay olish;

- yangi mijozlar izlash;

- mijozlar bilan muloqot qilish va muzokaralar olib borish qobiliyati;

- taqdimot va mijozlarni ishontirish qobiliyatlari;

- mijozlar bazasini rivojlantirish;

- tijorat takliflarini tayyorlash.

Majburiyatlari:

- Sovuq qoʻngʻiroqlar, elektron pochta xabarnomalari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa kanallar orqali yangi mijozlarni qidirish va jalb qilish;

- kompaniya xizmatlarining taqdimotlarini oʻtkazish;

- mijozlarning talablaridan kelib chiqib koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha maslahat berish;

- mijozga ish jarayonining barcha bosqichlarida hamrohlik qilish;

- marketing tadbirlari va koʻrgazmalarida ishtirok etish;

- belgilangan sotuv rejalariga erishish va ularni ortigʻi bilan bajarish;

- sotuv natijalarini kuzatib, maʼlumotlarni tahlil qilish va hisobot tayyorlash.

Shaxsiy fazilatlar:

- odamlar bilan umumiy tilni osongina topish, tinglash va ishontirish qobiliyati;

- qiyin vaziyatlarda ham oʻzini xotirjam saqlash qobiliyati;

- natijalar sari harakat qilish;

- masʼuliyatni oʻz zimmasiga olish va yangi gʻoyalarni taklif qilish qobiliyati;

- muammolarni hal qilishda nostandart yondashuvlarni izlash.

Ish kunlari: Dushanba-Juma (09:00-18:00), ishdan tashqari vaqtlarda aloqada boʻlish.

Oylik maosh: 10 mln so‘m + bonus: xizmatlar sotuvidan tushgan mablagʻdan.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 70.

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию