Sotuv Menejeri (Klinika)

Sotuv Menejeri (Klinika)

Описание вакансии

DIQQAT TANLOV!

❗️ TOSHKENT shahrida istiqomat qiladiganlar va offlayn ishlay oladiganlar uchun tanlov 9-iyulgacha davom etadi.

Yunusobod tumanida joylashgan "HAKIM SINO" klinikamiz yangi ish o'rinlari ochildi!
Shu munosabat bilan Sotuv-menejerlarini doimiy ish o'rniga taklif qilamiz!
Klinikamiz Jigar kasalliklariga ixtisoslashtirilgan bo'lib Respublikamizda sanoqli hisoblangan texnikalar bilan jihozlangan va doktorlarimiz ichida Professor va Fan nomzodlari ham bor.

Bizni tashxis qo'yuvchi vositalarimiz va xizmat ko'rsatish darajamiz yuqori bo'lganligi uchun insonlar qayta kelishadi va tanishlariga bizni tavsiya berishadi.
Sizning vazifalaringiz quyidagilardan iborat bo‘ladi:
— Mijozlar bilan telefon orqali reglament bo'yicha suhbatlashish va klinikaga olib kelish
— Sotuv bo'yicha reja va normativlarni bajarish;
— CRM tizimida reglament bo'yicha ishlash;

Bizda ishlashning ustunliklari:
⏰ Ish vaqti: 09.00 dan 17.00 gacha.
— Hamma sharoitlarga ega bo'lgan ofis;
— TUSHLIK OFIS HISOBIDAN
— Doktorlar konsultatsiyasi bepul
— Klinikamiz imkoniyatlaridan Chegirma asosida foydalanish
— Sizni qo'llab quvvatlaydigan rahbariyat;
— Oylik maosh o'z vaqtida, har oyning boshida beriladi;
— Jamoa ahil, yosh va energiyaga to'la insonlar;
— Siz klinikamiz xizmatidan foydalanish istagida ro'yxatdan o'tgan insonlarga qo'ng'rioq qilasiz;
— Har oyda sotuv va shaxsiy rivojlanishga oid kitob o'qiysiz. Va shu orqali o'zizda doimiy ilm olish va kitob o'qish ko'nikmasini shakllantirasiz;
— ​​​​​​6 oy kompaniya belgilab bergan Planni bajarsangiz ROP bo'lish imkoniyati bor.
— Oylik maosh 3,000,000 so'm - 7,000,000 dan yuqori (Oklad+KPI)
— Individual va jamoaviy bonus motivatsiyalar;
— Jamoaviy o'tirishlar har oyda va sayohatlar (har kvartalda)

Sizdan nimalar talab qilinadi:
— O'zbek tilida ravon gaplasha olish (Rus tilini bilsa yaxshi);
— Energiyaga to'la bo'lish;
— Har doim Pozitivlik;
— Intizomli va Ma'sulyatli bo'lish;
—​​​​​​​ Hozirjavoblik va o'ziga bo'lgan ishonch;

Sizga ishonch bildirishimiz uchun:
Agar siz e’londagi har bir satrni diqqat bilan o‘qigan bo‘lsangiz, iltimos, bizni ishontiruvchi 3 ta kuchli sababingizni yozib qoldiring!
Shu asosida sizning e’tiboringizni va motivatsiyangizni baholaymiz va birinchi bo‘lib siz bilan bog‘lanamiz!

❗️DIQQAT!!! Murojaatlarni faqat 9-iyulgacha qabul qilamiz.
Навыки
  • Активные продажи
  • Телефонные переговоры
  • B2C продажи
  • Навыки продаж
  • Навыки переговоров
  • Прямые продажи
Посмотреть контакты работодателя

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию