O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va qonunosti hujjatlari, Markaziy bankning normativ hujjatlari, bankning ichki tartib qoidalari, rahbar organlarning qarorlari va topshiriqlari, shuningdek hududiy boshqarmaning buyruqlari va farmoyishlari o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Amaldagi qonunchilik, me’yoriy hujjatlar va nizomlarga muvofiq mijozlarga sifatli bank xizmatlari ko‘rsatilishini tashkil etish;
Ofisning moliyaviy holatini tahlil qilish, likvidlilik va to‘lov qobiliyatini ta’minlash, shuningdek, belgilangan limitlar va me’yorlarga rioya qilish;
Mijozlarning kredit qarzlarini so‘ndirish yoki zararlarni qoplash hisobiga idora balansiga kelib tushgan mol-mulkning belgilangan tartibda tez va samarali sotilishini ta’minlash;
Ofis xodimlarini samarali boshqarish, vazifalarni taqsimlash, lavozim majburiyatlarining bajarilishini va mehnat intizomiga rioya etilishini nazorat qilish.
Talablar:
Oliy iqtisodiy ma’lumot (Imtiyozli - Bank-moliya akademiyasi va Bank boshqaruvi akademiyasi bitiruvchisi);
Ish tajribasi: bank sohasida kamida 4 yil, shundan kamida 2 yil rahbarlik lavozimlarida;
O‘zbek tilini bilish - yuqori darajada, rus tilini bilish - o‘rtachadan past emas, ingliz tilini bilish - afzallik;
Bank faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini bilish, xodimlarni samarali rejalashtirish va boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
Ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotga (xususan, IABS) ega bo‘lish, MS Office’ni ishonchli boshqarish;
Kommunikativlik, tashkilotchilik qobiliyati, ishbilarmonlik etikasiga qat’iy rioya qilish;
Xizmat safarlariga va ko‘p vazifalilik sharoitida ishlashga tayyorgarlik.
Ishsharoiti:
Rasmiy ishga qabul qilinish;
Shaxsiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyati;
Karera va kasbiy o‘sish imkoniyati;
Shaffof ish haqi tizimi (stavka + KPI), to‘lovlar oyiga 3 marta;
Daromadingizga shaxsan ta’sir qiladigan mukammal motivatsiya tizimi;