Buxgalteriya hisobi va hisobotining belgilangan talablar va standartlarga muvofiq yuritilishini ta’minlash;
Bosh ofis va nazorat qiluvchi tashkilotlar uchun yillik hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda shakllantirish;
Mijozlardan kelib tushadigan barcha hisob-kitob va kassa hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish, operatsiyalarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash;
Ichki tartib-taomillar doirasida buxgalteriya ko‘rsatkichlari bo‘yicha konsolidatsiyalashgan yillik hisobotlarni tuzish;
Bankning moliyaviy faoliyatini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida boshqa bo‘linmalar bilan hamkorlikda tahlil qilish.
Talablar:
Oliy iqtisodiy ma’lumotli (O‘zbekiston bank-moliya akademiyasi bitiruvchisi bo‘lishi maqsadga muvofiq);
Ish tajribasi: mutaxassisligi bo‘yicha kamida 2 yil va bank sohasida kamida 4 yil;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini hamda buxgalteriya va bank hisobini tartibga soluvchi ichki me’yoriy hujjatlarni bilish;
Buxgalteriya dasturlari va ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotni (masalan, IABS, Excel, 1C) mukammal bilish;
MS Office (Word, Excel, Outlook) dan ishonchli foydalanish;
O‘zbek tilini muxammal darajada, rus tilini o‘rta darajada bilish, ingliz tilini bilish ijobiy natija beradi;
Diqqatlilik, intizomlilik, tahliliy fikrlash qobiliyati;
Boshqa bo‘linmalar bilan hamkorlik qilishga va jamoada ishlashga tayyorlik;
Muddatlarga rioya qilish va vazifalarga tezkor javob berish qobiliyati.
Ish sharoiti:
Rasmiy ishga qabul qilinish;
Shaxsiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyati;
Karera va kasbiy o‘sish imkoniyati;
Shaffof ish haqi tizimi (stavka + KPI), to‘lovlar oyiga 3 marta;
Daromadingizga shaxsan ta’sir qiladigan mukammal motivatsiya tizimi;