Ofis biznes-rejasining bajarilishini rejalashtirish va tashkil etish, belgilangan dasturlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq vazifalarning bajarilishini nazorat qilish;
Ofisning moliyaviy holatini, likvidlik va to‘lov qobiliyati darajasini tahlil qilish, belgilangan limitlar va me’yorlarga rioya etilishini ta’minlash;
Mijozlarning qarzlarini, ofis balansida hisobga olingan mol-mulkni tahlil qilish va ularni tez va samarali sotishni tashkil etish;
kreditlarni so‘ndirish hisobiga qabul qilingan mol-mulkning potensial xaridorlarga qisqa muddatlarda sotilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
Tartib-qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish, hisobot berish va bankning bosh boshqarmasi bilan hamkorlik qilish.
Talablar:
Oliy iqtisodiy ma’lumot, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 4 yillik ish staji, shundan kamida 2 yili rahbarlik lavozimida;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va bankning ichki me’yoriy hujjatlarini bilish;
Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorat bo‘yicha tajriba, etika va korporativ standartlarga qat’iy rioya qilish;
Halollik, intizomlilik, qaror qabul qilish va mas’uliyatni his qilish qobiliyati;
Tashabbuskorlik, o‘ziga va hamkasblariga talabchanlik, tashkilotchilik qobiliyati.
Ishsharoiti:
Rasmiy ishga qabul qilinish;
Shaxsiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyati;
Karera va kasbiy o‘sish imkoniyati;
Shaffof ish haqi tizimi (stavka + KPI), to‘lovlar oyiga 3 marta;
Daromadingizga shaxsan ta’sir qiladigan mukammal motivatsiya tizimi;