Montajyor

Ustoz AI

Montajyor

Ташкент, улица Алишера Навои, 11

Описание вакансии

Rils videomontajyor kerak

Maosh: $900 (~11,5 mln so‘m)

”Ustoz AI” loyihasiga rilslar ko‘p prosmotr yig‘ishi uchun mem aralash, qiyqiriq darajadagi qiziqarli, uyqusiragan odamga ham videoda nima gap ketayotganini vizual orqali tushuntirib qo‘yadigan rils videomontajyor kerak. Jamoamizda 30 yoshdan oshgan skuf, mo‘ylovli amakilar yo‘q, shuning uchun bemalol ijod qilsa bo‘ladi. Agar siz uchun kerak bo‘lsa, kontent-menejer mushukli emojilar bilan fidbek yuboradi.

Talablar:
— Talking head (eskpertniy rils, говорящая голова) janridagi rilslarni montaj qilish bo‘yicha kamida 1 yillik tajribaga ega bo‘lish
— Videoda aytilayotgan gaplarni vizualda tushunarli mazmunda chiqarib bera olish, shunchaki ikonkalar chiqarish emas
— Memlarni montajda qo‘llay olish, montajda yaxshi hazillar qo‘sha olish
— Rils uchun to‘g‘ri keladigan musiqa, SFX, shrift, rang tanlashni bilish
— 1 oy ichida 30 ta rilsni montaj qilish

Ustunlik beradi:
— Kamerada video suratga olish bo‘yicha tajriba bo‘lishi (qo‘shimcha gonorar beriladi)
— Moushn bo‘yicha tajriba bo‘lishi (yaxshi natijalarda bonus beriladi)
— o‘zbek tilida bexato yozish yoki berilgan ssenariydan matnni to‘g‘ri ko‘chirish (kamroq qayta render qilasiz)
— montajga ssenariydan tashqari yangi yaxshi g‘oyalar qo‘shish (yaxshi natijalarda bonus beriladi, + kattaroq lavozim taklif qilinadi)

Qulayliklar:
— Erkin ish grafigi, 24 soat ofis ochiq, sifat va dedlayn jihatidan ishonch hosil qilganimizdan keyin bemalol uydan ham ishlasangiz bo‘ladi
— ofisda foydalanish uchun sifatli monitor va kuchli kompyuter
— syomka bo‘lmagan vaqtda studiyadan bepul foydalanish mumkin

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию