Ташкент, Узбекистанская линия, метро Тинчлик
Talablar:
O’quv markaz, maktab boshqaruvi sohasida kamida 3 yillik tajriba (10 ta xodim ustidan rahbarlik qilgan bo’lishi)
Oliy ma’lumotli (menejment yoki pedagogika bo’yicha)
AmoCRM ni ishlatish boyicha tajribasi bor
MS Office programmalarida yaxshi ishlay oladigan ( canva, corel drawni ham bilsa Afzal)
O’zbek tilida ravon gapira oladigan, rus tilida yaxshi, ingliz tili darajasi kamida intermediate bo’lishi kerak
Matematik bilimlarga ega bo’lishi
Bolalar psixologiyasidan xabardor bo’lishi
SMM komandani ishlatishni bilishi
Маjburiyatlar:
Sifatli O’quv jarayonlarini tashkil etish va nazorat qilish,
Doimiy ravishda o’quvchilar natijalarini yaxshilashga erishish
Darslarni ham oflayn, ham onlayn tashkil etish va onlaynda o’quvchilarni qayta aloqalarini nazorat qilish
Bir oyda bir marotaba amaliy darslar, ekskursiya va boshqa event lar tashkil qilish
Barcha xodimlar bilan ish sifatini oshirish borasida suhbatlar, treninglar o’tish va xodimlar motivaciyasini doimiy baland ushlash
Demo-darsga kelgan o’quvchilarni olib qolish konversiyasini oshirish
Koll-markaz va administratorlar ishini, klient bilan muomalasini doimiy nazorat qilish, kerak joyda suhbat-ogohlantirish, kerak joyda shtraf, kerak joyda rag’batlantirish usullaridan foydalanish
O’qituvchilar va o’quvchilarga qulay ish sharoitini yaratish, marker, xonaning tozaligi, iqlimining mo’tadilligi, printer va kompyuterlarning ishlab turishini, o’quvchilarga to’lovni Ichida bo’lgan va va’da qilingan kitoblarni o’z vaqtida qo’llariga berilishini ta’minlash va hakozo
Xodimlarni vaqtida ishga kelib ketishlarini nazorat qilish
Bir oyda bir marotaba barcha ota-onalardan feedback olish, talab va takliflarni o’rganish va rahbariyatni xabardor qilish
O’qituvchi va boshqa xodimlarni ishga olishni birinchi bosqichini tashkillashtirish va ishtirok etish
Ota-onalar va o’quvchilar bilan bo’ladigan konfliktlarni diplomatic tarzda hal qilish
O’qituvchi kasalligi yoki boshqa uzrli sabab bilan dars o’tolmasligi dars qoldirilishiga sabab bo’lmasligi kerak, boshqa ustoz bilan “zamena” qilish kerak
Texnika, mebel, sanuzel va boshqa narsalar nosoz holatga kelsa, zudlik bilan bartaraf etish
Shart-sharoitlar:
Qulay joylashuv (“Tinchlik” metrosi yonida)
Shinam va qulayliklarga ega ofis
6/1 ish grafigi 09:00-19:00
Ahil jamoa
Qo’llab quvvatlovchi rahbariyat
Sinov muddatidan so’ng rasmiy mehnat shartnomasi tuzilib, ishga joylashish
Ham moliyaviy, ham kasbiy o’sish imkoniyati
To’lanadigan mehnat ta’tili
Ташкент
до 10000000 UZS
АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
до 14000000 UZS
TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
Ташкент
до 16000000 UZS
АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
до 16000000 UZS