Наманган
HR strategiyasi va boshqaruvi
O‘quv markazlari rivojiga mos HR strategiyasini ishlab chiqish va joriy etish
Bo‘lim rahbarlari bilan birga xodimlar ehtiyojini rejalashtirish
Yangi tizimlar (tartib, tuzilma, KPI)ni ishlab chiqishda ishtirok etish
Yangi xodimlarni jalb qilish va saqlab qolish
Ustozlar, call-markaz xodimlari, marketing mutaxassislarini tanlab olish va suhbatdan o‘tkazish
Tavsiya asosidagi ishga qabul tizimini yuritish
Yaxshi mutaxassislarni uzoq muddat saqlab qolish uchun sharoitlar yaratish
Ish faoliyatini nazorat qilish
Har bir bo‘lim uchun samaradorlik (KPI/OKR) tizimini yuritish
Mehnat shartnomalari, hujjatlar va qonunlarga mos yuritilishini nazorat qilish
Jamoa muhiti va muammolarni hal qilish
Ijobiy ish muhitini yaratish, jamoaviylikni kuchaytirish
Yangi xodimlar uchun moslashuv jarayonini tashkil qilish
Ichki kelishmovchiliklarni hal qilish va xodimlar fikrini eshitish
O‘qitish va rivojlantirish
O‘qituvchilar va menejerlar uchun o‘quv kurslarini tashkil qilish
Muntazam treninglar va ichki seminarlarni rejalashtirish
Ish haqi va hujjatlar bilan ishlash
Hisobchilar bilan birga oylik, mukofot va rag‘bat tizimini yuritish
Davomat, ta’til, jarima va mukofotlarni tizimli tarzda yuritish
Ta’lim: Oliy ma’lumot (Inson resurslari, menejment, pedagogika yoki tegishli sohalarda)
Tajriba: Kamida 3 yil HR sohasida rahbarlik yoki boshqaruv tajribasiga ega bo‘lish (o‘quv markazida ishlaganlar afzal)
Til bilimi:
O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish
Ingliz tili – afzal (ayniqsa Oxford markazi uchun)
Zarur ko‘nikmalar:
Jamoani boshqarish va muammolarni tez hal qilish
Ish faoliyatini baholash tizimlari bilan ishlay olish (KPI, OKR)
Suhbat o‘tkazish, tavsiya asosida ishga qabul qilish, jamoa muhitini nazorat qilish
Emotsional intellekt va insonlar bilan samimiy muloqot qila olish
Texnik bilimlar:
HR tizimlar (masalan, Google Forms, Sheets, CRM tizimlar)
Telegram, Excel, va ish yuritish hujjatlari bilan ishlay olish
Ish vaqti: To‘liq stavka | Haftada 6 kun (dushanba–shanba)
Joylashuv: Namangan shahri, Oxford va Algoritm filiallarida navbat bilan
Oylik maosh: 8 000 000 – 12 000 000 so‘m (tajriba va ish samaradorligiga qarab)
Imtiyozlar:
Rasmiy ishga qabul, mehnat kodeksi asosida
Dam olish kunlari va ta’tillar qonun asosida
Oilaviy a’zolar uchun bepul yoki chegirmali kurslar (Ingliz tili / IT yo‘nalishlarida)
Yillik mukofot va bonuslar (samaradorlik asosida)
HR yo‘nalishida tashqi o‘quv/treninglarda qatnashish imkoniyati
Karyera o‘sishi:
Tizimli o‘sish va rahbarlik lavozimlariga ko‘tarilish imkoniyati
Kompaniyaning kengayish jarayonida strategik rol o‘ynash