Ташкент, Юнусабадский район, массив Юнусабад, 12-й квартал, 20A
Vakansiya: B2B IT Savdo Menejeri
Softy Team kompaniyasi o‘z jamoasiga IT yo‘nalishida faoliyat yurituvchi savdo menejerini taklif etadi. Agar siz mijozlar bilan ishlashni yoqtirsangiz, IT mahsulotlari va xizmatlari savdosidan zavq olsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun!
Ish vazifalari:
Kompaniyaning mavjud mijozlari bilan ishlash, ularning IT infratuzilmasidagi muammolarni aniqlash va mos yechimlar taklif etish;
Dasturiy ta'minot va boshqa IT xizmatlarini mijozlarga tanishtirish va savdosini amalga oshirish;
Muzokaralar olib borish, tijoriy takliflar tayyorlash va shartnomalarni yopish;
Savdo maqsadlariga erishish hamda mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish.
✅ Nima uchun aynan Apoint?
Tayyor va qiziqish bildirgan "hot lead" mijozlar — siz faqat ularning muammoli nuqtalarini aniqlab, yechim taklif etasiz;
Raqobatbardosh maosh va savdolardan bonus tizimi;
Kompaniya tomonidan to‘liq qoplanadigan xizmat safarlari;
Zamonaviy, barcha sharoitlarga ega ofisda ishlash imkoni.
Daromad imkoniyatlari:
Oylik maosh: 1 500 000 so‘mdan boshlanadi;
Bonus: Har bir muvaffaqiyatli shartnomadan 1% – 10% gacha.
(O‘rtacha faol menejer 15–30 million so‘m ishlab topmoqda)
Qo‘shimcha sharoitlar:
Ish vaqti: 09:00 – 18:00, haftasiga 6 kun;
Ofis manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 12-kvartal, C-Space Coworking zonasi.
⚠️ Talablar:
Dasturiy ta'minot, IT xizmatlari yoki IT mahsulotlari savdosi bo‘yicha kamida 1 yil tajriba (tajribasiz, lekin motivatsiyasi yuqori bo‘lgan nomzodlar ham ko‘rib chiqiladi);
Rus va ingliz tillarini so‘zlash darajasida bilish (mijozlar bilan samarali muloqot uchun zarur);
Kuchli savdo va muzokaralar olib borish ko‘nikmalari;
Natijaga yo‘naltirilgan, faol va tashabbuskor shaxs.
Savdoda natija ko‘rsatishga tayyormisiz? Unda biz bilan bog‘laning va karyerangizni yangi bosqichga olib chiqing!
Aloqa uchun:
Lavozimlar soni: 2 ta
Ташкент
до 10000000 UZS
YATT ABDUMALIKOV BEKZOD BAXODIROVICH
Ташкент
до 5000000 UZS
YATT MAHAMADJONOV MUHAMMADBOBUR NODIRJON O‘G‘LI
Ташкент
до 8000000 UZS
COMPREHENSIVE NETWORK SOLUTIONS
Ташкент
до 5000000 UZS
Amedia Online Group
Ташкент
до 1185 USD